AKT vazirligida yaponiyalik ekspert ish boshladi

AKT vazirligida yaponiyalik ekspert ish boshladi

O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligida yaponiyalik mutaxassis Esuaki Yoshida ish boshladi, deya xabar qildi vazirlik axborot xizmati.

Esuaki Yoshida (1971 yil tug‘ilgan) mehnat faoliyatini Yaponiya bankida boshlagan. Esuaki Yoshida turli yillarda Yaponiya xalqaro moliya markazi, tadqiqotlar va statistika departamenti, Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC)da qator mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Esuaki Yoshida bugungi kunga qadar Yaponiya xalqaro hamkorlik banki Kredit, baholash va xatarlarni boshqarish guruhi Mamlakatni kreditlash departamenti 3-bo‘lim direktori va bosh iqtisodchisi vazifasida ishlagan.

Endilikda Yaponiyalik mutaxassis Axborot texnologiyalari korxonalarining investisiya faoliyatini jadallashtirish, texnik va texnologik jihatdan qayta qurollantirish dasturini amalga oshirishda xorijiy investisiyalar va xalqaro kredit liniyalarini jalb qilish bilan shug‘ullanadi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!