Aksiz markasiz tamaki mahsulotlarining muomalaga kiritilishining oldi olindi

Aksiz markasiz tamaki mahsulotlarining muomalaga kiritilishining oldi olindi



Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Pop tumani bo‘limi tomonidan IIB va DSI xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro SH.X. va boshqalar fuqaro SH.SH.ning boshqaruvidagi “ISUZU” rusumli yuk avtotransport vositasida xorijda ishlab chiqarilgan 4 970 quti aksiz markasi bo‘lmagan “Milano” nomli tamaki mahsulotlarini Samarqand viloyatida o‘tkazish maqsadida olib ketayotganliklari aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 186-1-moddasi (tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!