Akmal Burxonov korrupsionerlarni “tarakan”ga qiyosladi

Akmal Burxonov korrupsionerlarni “tarakan”ga qiyosladi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbari Akmal Burxonov korrupsionerlarni “tarakan”larga o‘xshatdi. Bu haqda u o‘zining Twitter sahifasida yozib qoldirdi.

“Korrupsionerlar “tarakan”ga o‘xshaydi”: ular o‘z ishlarini oziq-ovqat ko‘p bo‘lgan hamda kamdan-kam tozalanadigan joydan boshlashadi”, deydi Burxonov.

Ushbu postning ostiga suvaraklar yorug‘likdan qochishi, buning uchun hamma narsani yoritish va uni ommaga yetkazish kifoya ekanligi kinoya qilingan sharh qoldirilgan.

Akmal Burhonov yuqoridagi tvitini kecha, 29 noyabr kuni yozgan.

Ma’lumot uchun, Akmal Burxonov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, 2020 yil 14 iyuldan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori etib tayinlangan.

Idora prezidentga bo‘ysunadi, Oliy Majlis palatalari oldida hisob beradi. Agentlik direktori maqomi bo‘yicha vazirga tenglashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!