Ajdodlarimiz nega kasal bo‘lishmagan?

Ajdodlarimiz nega kasal bo‘lishmagan?

Xalq orasida “Tabib tabib emas, boshidan o‘tgan tabib” degan naql bejizga aytilmas ekan. Men o‘zimdagi kasalliklarni davolatish mobaynida o‘zim ham salkam tabib bo‘lib ketdim. O‘rganganlarimni  boshqalarga ham yetkazmoqchiman.

Kalsiy yetishmovchiligi sababli umumrtqa grijasi, osteoxondroz, osteoporoz, artrit, artroz kasalliklari va immunitet pasayishi ham kelib chiqishi mumkin ekan. Kaliy yetishmasligi tufayli bolalar nimjon tug‘ilyapti. Insonning yoshi ulg‘aygani sari kalsiy organizmdan ko‘proq chiqadi, natijada suyak mo‘rtlashib, sinuvchan bo‘lib qoladi.

Inson organizmidagi kalsiy balansi RN ko‘rsatishi bilan aniqlanadi. RN-15 normal holat hisoblanadi. Organizmdagi kalsiy balansini saqlash uchun bir kunda 1 litr qatiq ichish yoki 1 kg xolodes yeyish yoxud har kuni banan iste’mol qilish kerak. Bir kunda shuncha qatiq ichish yoki xolodes, banan yeyishning esa imkoni yo‘q. Sababi ishtahangiz tortmaydi xamda xamyon ko‘tarmaydi.

Ota-bobolarimiz yuqorida sanab o‘tilgan kasalliklarni bilishmagan. Immun tizimi yaxshi bo‘lganligi uchun kam kasallanishgan. Sababi ular ko‘proq yovvoyi hayvon va qushlarning go‘shtini iste’mol qilishgan. Har qanday yovvoyi hayvonning suyagi qattiq bo‘ladi, bu esa ular go‘shtida kalsiy ko‘pligidan darak beradi.

Ajdodlarimiz asosan kunjut yog‘idan foydalanishgan. Kunjutda kalsiy xolodesga nisbatan 15-16 baravar ko‘proq ekan. Aholida kalsiy balansini saqlash uchun fermerlarimiz kunjut eksa, kunjut yog‘ini sanoat ko‘lamida yetishtirishsa, aholi kunjut yog‘ini aptekalardan grammlab emas, magazindan litrlab olsa yaxshi bo‘lardi.

@shifoinfo_official


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!