Aholi ishlab chiqargan elektr energiyasini davlat sotib oladi

Aholi ishlab chiqargan elektr energiyasini davlat sotib oladi

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining jamoatchilik vakillari va mutasaddilari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazmoqda.

Davlatimiz rahbari elektr ishlab chiqarishda davlat monopoliyasidan ketib, raqobatli muhitini joriy qilish zarurligini ta’kidladi.

Jumladan, panel o‘rnatgan tadbirkorlar ishlab chiqargan elektrni davlat kafolatli sotib oladi. 2024 yildan esa boshqa iste’molchilarga ham sotishi mumkin bo‘ladi.

Aholi o‘z xonadonida panel o‘rnatsa, ehtiyojidan ortiq tarmoqqa sotgan elektr energiyasining har bir kilovati 1 ming so‘mdan sotib olinadi (hozirgi tarif 295 so‘m).

Har oyda hisob-kitob qilib, mablag‘lar xonadon egasining plastik kartasiga o‘tkazib beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!