Afrikada maymun sher bolasini “asrab oldi”

Afrikada maymun sher bolasini “asrab oldi”

Sher bolasini ko‘tarib yurgan erkak babuyinni ko‘rish noodatiy hol. Lekin Janubiy Afrikadagi Kryuger milliy bog‘ida bu yuz berdi.

Hayvonot bog‘ining operatori Kurt Shults 20 yildan beri bunday xatti-harakatni ko‘rmaganligini ta’kidladi.

«Babuyin sher bolasini xuddi o‘z bolasiday parvarish qilayotgan edi. Erkak babuyinlar o‘z bolalariga juda ko‘p g‘amxo‘rlik qilishadi, ammo bu maymunning sher bolasini bu tarzda parvarishlashi xuddi ayol babuyin bolasiga e’tibor bergandek harakatdir» deydi u.

Shultsning so‘zlariga ko‘ra, maymunlar tepaliklar va toshloq joylarga to‘planishganda sher bolasini topib olishgan. Odatda, sherlar va leoparlar ovga ketganda aynan shunaqa joylarda o‘z bolalarini yashirib ketadilar.

Shults va parkdagi boshqalar noyob manzarani tomosha qilishdi va suratga olishdi.

“Men bu bechora sher bolasining maymunlar qo‘lida omon qolishiga ishonmayapman. Tabiat ko‘p hollarda shafqatsiz va yosh yirtqich bolasining tirik qolishi oson emas. U katta bo‘lganida babuyinlarga xavf tug‘diradi. Men babuyinlarning leopard bolasini o‘ldirayotganiga guvoh bo‘lganman va sher bolalarini o‘ldirganini eshitganman” deydi Shults.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!