Afg‘onistondagi diniy maktabda portlash sodir bo‘ldi

Afg‘onistondagi diniy maktabda portlash sodir bo‘ldi

Afg‘onistonning Samangan viloyatining Aybak shahrida diniy maktabda yuz bergan portlashda 35 kishi halok bo‘ldi, yana 23 kishi jarohatlangan.

OAV xabarlariga ko‘ra, portlash qurbonlarining aksariyati maktab o‘quvchilaridir. Halok bo‘lganlarning jasadlari binodan olib chiqilmoqda. Bundan tashqari, jabrlanganlarni evakuasiya qilish tartibi davom etmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea peshin namozi vaqtida sodir bo‘lgan. Portlash sabablari hozircha aniqlanmagan.

Tolibon ichki ishlar vazirligining rasmiy vakili Abdul-Nafi Thakur kamida 10 kishi halok bo‘lganini tan oldi. Shuningdek, u jinoyatchilarni topish bo‘yicha tergov harakatlari olib borilayotganini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!