Afg‘onistonda o‘nlab ISHIDchi taslim bo‘ldi

Afg‘onistonda o‘nlab ISHIDchi taslim bo‘ldi

Afg‘onistonning Nangarhor viloyatida ISHIDning 80 nafar a’zosi “Tolibon” harakatining xavfsizlik kuchlariga taslim bo‘ldi. Bu haqda bugun Pajhwok agentligi xabar tarqtadi.

Qayd etilishicha, jangarilarning taslim bo‘lishi oqsoqollarining aralashuvi bilan yuz bergan. Agentlik xabarida tafsilotlar keltirilmagan.

Oxirgi uch oy ichida Afg‘onistonning bir qancha viloyatlarida, jumladan, poytaxt viloyatida birdaniga bir nechta portlashlar, qurolli hujumlar va otishmalar sodir bo‘ldi. Mazkur hodisalarda ham “Tolibon”, ham mahalliy aholi vakillari halok bo‘ldi. Teraktlarni ISHID o‘z zimmasiga oldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!