Afg‘onistonda BMT missiyasining transportiga qurolli hujum uyushtirildi

Afg‘onistonda BMT missiyasining transportiga qurolli hujum uyushtirildi

Mashinalardan birining haydovchisi otib o‘ldirildi. U boshqarayotgan mashina daryoga quladi. Hodisa oqibatida besh kishi halok bo‘lgan. Bu haqda mahalliy polisiya manbalariga tayanib Ariana News telekanali xabar berdi.

TOLOnews xabariga ko‘ra, BMTning Afg‘onistondagi missiyasi Qobul-Jalolobod yo‘nalishida harakatlanayotgan avtomobil kortejiga qilingan hujum qurbonlari orasida "BMT xodimlari yo‘q" deyilgan. Tashkilot ma’lumotiga ko‘ra, "BMT transport vositalarini kuzatib borish paytida Afg‘oniston xavfsizlik va qo‘riqlash xizmatining besh nafar mahalliy xodimi halok bo‘lgan".

"Afsuski, Afg‘onistonda zo‘ravonlikning tarqalishi o‘ta xavfli bosqichga yetdi va agar xalqaro hamjamiyat, mintaqa mamlakatlari va Afg‘onistondagi barcha mas’ul kuchlar bu masalaga e’tibor bermasa, mamlakatda zo‘ravonlik ortishi va xavfsizlik sharoitining o‘ta yomonlashuviga olib keladi», deyiladi Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili Said Xatibzodaning voqeaga munosabat bildirilgan Eron Tashqi ishlar vazirligi saytida e’lon qilingan bayonotida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!