Afg‘oniston-Eron chegarasida to‘qnashuv

Afg‘oniston-Eron chegarasida to‘qnashuv

Eron chegarachilari va Tolibon o‘rtasida qurolli to‘qnashuv yuz berdi, deb xabar bermoqda mahalliy OAV Eronning Xirmand tumani rahbari Meysam Barazandega tayanib.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hodisa sabablari noma’lum, otishmalar hamon davom etmoqda.

Tolibon chegara qo‘shinlari brigadasi qo‘mondoni Muhammad Ibrohim Xivadning ma’lum qilishicha, otishmani Eron tomoni boshlagan. Natijada, harakat vakillaridan kamida 1 kishi halok bo‘lgan va 1 kishi yaralangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!