Abdulaziz Komilov Qirg‘iziston elchixonasiga kelib, hamdardlik bildirdi

Abdulaziz Komilov Qirg‘iziston elchixonasiga kelib, hamdardlik bildirdi

Abdulaziz Komilov Qirg‘izistonning Toshkentdagi elchixonasiga kelib, chegara to‘qnashuvlarida odamlar vafot etgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi. 

Qirg‘iz rasmiylariga ko‘ra, 30 aprel kungi to‘qnashuvlarda 36 nafar qirg‘izistonlik vafot etdi. 

Garchi tomonlar o‘t ochishni to‘xtatishga kelishgan bo‘lsa-da, dahanaki tortishuvlar hali ham davom etmoqda. Ayniqsa, qirg‘izlarda kayfiyat juda yomon. May oyida Sadir Japarov Dushanbega borishi kerak, xudda shu sanalar atrofida Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart To‘qayev ham tashrif buyurishi ko‘zda tutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!