Abdulaziz Komilov Pentagon rahbari bilan uchrashdi

Abdulaziz Komilov Pentagon rahbari bilan uchrashdi

2021 yilning 1 iyul kuni Vashington shahriga O‘zbekiston delegasiyasi rahbari sifatida kelgan tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Amerika Qo‘shma Shtatlari mudofaa vaziri Lloyd Ostin bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, uchrashuv chog‘ida Pentagon rahbari vazir Abdulaziz Komilovni O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi bilan tabriklagan.

Muzokaralarda mudofaa yo‘nalishidagi, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, umumiy tahdid va xavf-xatarlarga qarshi kurashish kabi sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb jihatlari muhokama qilindi.

Turli darajalar va yo‘nalishlardagi muntazam muloqot sababli so‘nggi yillarda O‘zbekiston-Amerika aloqalari ijobiy o‘sish sur’atlarini kasb etayotganligi, amaliy mazmun bilan boyib borayotgani qayd etildi.

AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin Afg‘onistonda vaziyatni barqarorlashtirish borasidagi xalqaro sa’y-harakatlar O‘zbekiston tomonidan ko‘p yillardan buyon qo‘llab-quvvatlanayotganini olqishladi hamda ushbu mamlakat iqtisodiyotini qayta tiklash va uning Markaziy Osiyo mintaqasiga integrasiyasiga ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!