9 iyul Qurbon hayiti bayrami etib belgilandi

9 iyul Qurbon hayiti bayrami etib belgilandi

9 iyul Qurbon hayiti bayrami etib belgilandi

“Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2022 yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 9 iyul – shanbaga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan Qurbon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi.

❗️Prezident farmoniga muvofiq, 2022 yilda qo‘shimcha dam olish kunlari belgilangan.

🔰 Shunga ko‘ra, Qurbon hayiti arafasida ish haftasining turidan qat’i nazar 4 kun dam olinadi. Bunda:

● 9 iyul (shanba) – Qurbon hayiti bayrami;
● 10 iyul (yakshanba) – dam olish kuni;
● 11 iyul (dushanba) – barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
● 12 iyul (seshanba) – 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun 16 iyul (shanba) dan ko‘chirilgan dam olish kuni.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!