+87. O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni keskin oshmoqda

+87. O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni keskin oshmoqda

2020 yil 30 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 8385 (+87) nafarni tashkil etmoqda. 

Yangi kasallanish holatlarining 72 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 11 nafari Toshkent shahrida (shundan 7 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 nafari aholi orasida), 4 nafari Toshkent viloyatida (shundan 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida) aniqlangan.
 
Ayni paytda yurtimizda 5569 (+73) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (66 foiz) sog‘aygan.
 
Hozirda mamlakatimizda 2791 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.  
 
Sog‘liqni saqlash vazirligi  Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!