80 mingdan ortiq sayyoh Xitoyning Xaynan orolida lokdaun tufayli qolib ketdi

80 mingdan ortiq sayyoh Xitoyning Xaynan orolida lokdaun tufayli qolib ketdi

Xaynan provinsiyasidagi (Janubiy Xitoy) Sanya kurort shahrida 6 avgust kuni COVID-19 ning yangi o‘choqlari aniqlanganligi munosabati bilan joriy etilgan lokdaun tufayli 80 mingdan ortiq sayyoh qolib ketdi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesiga (CCTV) xabar bermoqda.

Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha munisipal shtab ma’lumotlariga ko‘ra, 6 avgust kuni ertalab Xaynan orolining janubiy qirg‘og‘idagi Sanya shahrida joriy etilgan lokdaun tufayli 80 mingga yaqin sayyoh qiyin ahvolda qolgan. Shu bilan birga, 80 ming sayyohdan 32 mingga yaqini mehmonxonalarda qolib ketgan.

Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, sayyohlar yetti kun ichida besh marta PZR testidan o‘tib, manfiy natijalar olganlaridan keyin Xaynan orolini tark etishlari mumkin bo‘ladi. Sanya shahridagi mehmonxonalarda lokdaun davrida qolgan sayyohlar uchun 50% chegirma taqdim etiladi.

Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, 6 avgust, shanba kuni «Feniks» xalqaro aeroportida (Sanya) jami 333 ta reys bekor qilingan. Xuddi shu kuni hokimiyat temir yo‘l chiptalarini sotishni to‘xtatdi.

2021 yilda turizm Sanya kurort shahri iqtisodiyotining deyarli 90 foizini tashkil etdi va o‘tgan yilning iyul va avgust oylarining eng yuqori mavsumida shaharga 2,7 milliondan ortiq sayyoh kelgan.

COVID-19 epidemiyasi boshlanganidan beri, joriy yilning 1 avgustidan Sanya shahrida 550 dan ortiq koronavirus infeksiyasi aniqlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!