8 va 13 yoshli ikki qiz o‘ldirib ketildi. Qotil qidirilmoqda (VIDEO)

8 va 13 yoshli ikki qiz o‘ldirib ketildi. Qotil qidirilmoqda (VIDEO)

Ijtimoiy tarmoqlarda Yaroslavl viloyatining Ribinsk shahrida ikki qiz o‘ldirilgan joydan olingan video paydo bo‘ldi.

Kadrlarda oila yashagan uy, shuningdek, tergovchilar o‘z faoliyatini olib boradigan kvartira aks etgan.

Hodisa bir kun oldin sodir bo‘lgan. 8 va 13 yoshli qizlarning jasadlarini onasi uydan topgan. Ushbu hodisa yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Qotillikda gumon qilingan shaxs qidirilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, ayol taxminan bir oy oldin Omsk viloyatidan Ribinskka ko‘chib o‘tgan.

Mahalliy ommaviy axborot vositalari o‘ldirilgan qizlarning onasi ilgari og‘ir jinoyatlar uchun sudlangan erkak bilan birga yashayotgani haqida xabar berishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!