57 yil ishlagan 300 mertlik dunyodagi eng katta radioteleskoplardan biri qismlarga ajratiladi

57 yil ishlagan 300 mertlik dunyodagi eng katta radioteleskoplardan biri qismlarga ajratiladi

Puerto-Rikoda joylashgan “Arecibo” astronomiya observatoriyasi vayron bo‘lish xavfi tufayli qismlarga ajratiladi. Bu haqda AQSh Milliy ilmiy jamg‘armasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu 300 metrlik teleskop 57 yil davomida ishlagan bo‘lib, uning yordamida Quyosh tizimi ob’ektlarining radiolokasion kuzatuvlari, shuningdek, radioastronomiya va atmosfera fizikasi sohasidagi tadqiqotlar olib borilgan.

Kuzatuvlar shu yilning avgust oyida teleskop oynasining uni ushlab turuvchi qalin arqon uzilishi natijasida shikastlanganligi bois tugatilgan. Noyabr oyida esa asosiy arqon uzilgach, qo‘shimcha zarar yetgan.

Jamg‘arma tomonidan ta’kidlanishicha, teleskopning ushlab turuvchi arqonlari endilikda yukni ko‘tarishga qodir emasligi bois uning tuzilishi katta xavf tug‘dirmoqda.

Mutaxassislarning fikricha, uni ta’mirlash ishlari quruvchilar hayoti uchun xavfli.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!