40-o‘lim: Navoiyda 38 yoshli erkak koronavirusdan vafot etgani rasman tasdiqlandi

40-o‘lim: Navoiyda 38 yoshli erkak koronavirusdan vafot etgani rasman tasdiqlandi

Navoiy shahrida yashovchi X.SH. 2 iyul kuni "COVID-19" infeksiyasiga namuna topshirgan va unda kasallik aniqlangan. Bemor viloyat bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

🔎 Unda koronavirus ikki tomonlama zotiljam, nafas yetishmovchiligining 1-2-darajasi asorati bilan kechgan. Bemorda gipertoniya 3-daraja, arterial gipertenziya 2. xavf – III, semizlikning 1-darajasi kabi hamroh kasalliklari bo‘lgan. U 2019 yildan buyon gipertoniya kasalligi bilan nazoratda turgan.

6 iyul kuni bemorning ahvoli o‘ta og‘irlashgan.

▪️Reanimasion muolajalariga qaramasdan, bemor o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligi, o‘tkir bosh miya va o‘pka shishidan vafot etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!