356 ming AQSh dollarini Tojikistonga noqonuniy olib chiqib ketilishiga chek qo‘yildi

356 ming AQSh dollarini Tojikistonga noqonuniy olib chiqib ketilishiga chek qo‘yildi

Bekobod shahridagi “Kazarma” soddalashtirilgan o‘tish punkti orqali ko‘p miqdordagi valyuta qimmatliklarini qo‘shni davlatga noqonuniy olib chiqib ketishga uringan 2 nafar fuqaro ushlandi.

Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat bojxona boshqarmasi va Chegara qo‘shinlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir haqidagi axborotda ma’lum qilindi.

Shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilgan vaqtlarida Bekobod shahrida yashovchi, 1980 y.t. ayolning yonida 166 ming AQSh dollari va uning sherigi, 1994 y.t. ayolning yonida esa 190 ming AQSh dollari, jami 356 ming AQSh dollari borligi aniqlanib, prosessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Aniqlanishicha, ular tojikistonlik Mahmud ismli shaxsning iltimosiga ko‘ra xorijiy valyutani Bekobod shahrida noma’lum shaxslardan olib, o‘z kiyimlariga yashirgan holda, ma’lum bir xizmat haqi evaziga Tojikiston Respublikasiga olib chiqib ketayotgan bo‘lishgan.

Hozirda mazkur fuqarolarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida ushbu valyuta qimmatliklarining haqiqiy egalarining shaxsiga aniqlik kiritish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!