31 nafar erta tug‘ilgan chaqaloqlar Al-Shifa kasalxonasidan G‘azo janubiga evakuasiya qilindi

31 nafar erta tug‘ilgan chaqaloqlar Al-Shifa kasalxonasidan G‘azo janubiga evakuasiya qilindi

Falastin Qizil Yarim Oy Jamiyati 31 erta tug‘ilgan chaqaloqni Al Shifa kasalxonasidan G‘azo janubidagi boshqa kasalxonaga olib o‘tishga muvaffaq bo‘lganini ma’lum qildi.

Hisobotda qayd etilishicha, tez yordam guruhlari Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi bilan kelishilgan holda Al Shifa kasalxonasidan 31 nafar erta tug‘ilgan chaqaloqni evakuasiya qilishga muvaffaq bo‘lgan.

Falastin yarim oy jamiyati, erta tug‘ilgan chaqaloqlarning tez yordam mashinasida Rafah shahridagi Amirliklar kasalxonasiga olib ketilganini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!