3000 dollar chet el valyutasining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

3000 dollar chet el valyutasining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Sariosiyo tumani temir yo‘l vokzali atrofida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan, muqaddam sudlangan J.X. fuqaro SH.B.dan 3 000 AQSh dollarini 33,6 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!