30 yil deganda Dushanbedan Toshkentga poyezd kelmoqda
20 iyun kuni Tojikiston poytaxti temir yo‘l vokzalidan 30 yillik tanaffusdan so‘ng yana Toshkentga poyezd yo‘l oldi, deb xabar beradi “Avesta” agentligi.
Tarkib bugun - 21 iyun kuni soat 13.43 da Toshkent vokzaliga yetib kelishi kutilyapti.
Poyezd 10 vagondan iborat: 4 ta kupeli, 5 ta plaskart va vagon-restoran.
Xabarda eslatilishicha, Dushanbe - Toshkent orasidagi masofa 916 kilometr, yo‘lovchilar 21 soatda manzilga yetib keladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)