3 yoshli qiz intellektda Eynshteyn va Xokingni ortda qoldirdi

3 yoshli qiz intellektda Eynshteyn va Xokingni ortda qoldirdi

Angliyada yashovchi 3 yoshli Ofeliya Morgan-Rosa IQ (intellekt kooffisenti) bo‘yicha Albert Eynshteyn va Stiven Xokingni ham ortda qoldirdi, deya xabar beradi «Sabah.com.tr»ga tayanib "Xabar" nashri.

Nisbiylik nazariyasi va qora tuynuklar haqida fikr yuritayotgan qizaloq buyuk fizik olimlarni ham ortda qoldirib IQ (intellekt koofisenti) bo‘yicha 171 ball to‘plagan.

Qizaloqning onasi Nataliya Morgan Ofeliyaning iqtidorini anglab, uni mutaxassislarga olib borgan.

Ofeliyaning intellekt kooffisenti avval Angliyada eng aqlli deb tanilgan 11 va 12 yoshli bolakaylarnikidan ham yuqori ekan. U bir yoshga to‘lmasdan avvalgi xotiralarini ham aniq eslay oladi.

Ofeliya Angliyaning eng yuksak IQ jamiyati «Mensa» (insonlarning eng yuksak intellekt kooffisentini aniqlovchi yirik, qadimiy va mashhur tashkilot)ning eng jajji a’zosi bo‘ldi.

Manba: zamin.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!