22 aprel: bugun tarixda qanday voqea-hodisalar yuz bergan?

22 aprel: bugun tarixda qanday voqea-hodisalar yuz bergan?

Bugun 22 aprel haftaning dushanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

🌏 Xalqaro Ona Yer kuni.
🔹Angliyaning “ Siruis" yo‘lovchi paraxodi yelkanlarsiz birinchi marta Atlantika okeanidan suzib o‘tib Nyu-Yorkka yetib keldi (1838).
🔹AQSh Kongressi qaroriga ko‘ra barcha banknotlarda “In God We Trust” yozuvi qo‘llanila boshladi (1864).
🔹 Birinchi jahon urushi: Germaniya Ipr shahridagi Angliya-Fransiya qo‘shinlariga qarshi xlor yordamida toksin moddalarni ishlatishni kengaytirdi (1915).
🔹Albert Hofmann LSD ning gallyusinogen xususiyatlari haqida birinchi hisobotni taqdim etdi (1943).
🔹Xyustonda ilk bor inson ko‘zini ko‘chirish amaliyoti o‘tkazildi (1969).
🔹Atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadida AQSh jamoatchiligi tashabbusi bilan birinchi aksiya o‘tkazildi, keyinchalik bu kun BMT Bosh Assambleyasi tomonidan Xalqaro Ona Yer kuni sifatida belgilandi (1970).

🔸Fransuz fizigi, qo‘rg‘oshinli akkumulyator ixtirochisi Gaston Plante tavallud topgan kun (1834).
🔸O‘simliklarning keng qo‘llaniladigan birinchi tasnifini yaratgan nemis botanigi Avgust Vilgelm Eyxler tavallud topgan kun (1839).
🔸Kinorejissyor, kinooperator, O‘zbekiston xalq artisti Malik Qayumov tavallud topgan kun (1912).
🔸Aktyor, O‘zbekiston xalq artisti Mamatxon Ubaydullayev tavallud topgan kun (1925).
🔸O ʻzbekiston xalq shoirasi Oydin Hojiyeva tavallud topgan kun (1942).
🔸Mexanik olim, O‘zbekiston FA akademigi Yormuhammad Muborakov tavallud topgan kun (1944).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!