2025 yilgi Paraosiyo o‘yinlari ham Toshkent shahrida o‘tkaziladi

2025 yilgi Paraosiyo o‘yinlari ham Toshkent shahrida o‘tkaziladi

"Hurmatli Prezidentimiz tomonidan olimpiya va paralimpiya harakatiga alohida e’tibor qaratilib, zarur infratuzilma tashkil etilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2021 yil 18 maydagi “Paralimpiya harakatini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu sohaga keng yo‘l ochdi" - deb xabar bermoqda prezident matbuot kotibi.

Toshkent shahri yaqinida Olimpiya shaharchasi qurilayotgani, u yerda 2025 yilda yoshlar o‘rtasida IV Osiyo o‘yinlari o‘tkazilishidan xalqimiz yaxshi xabardor.

Endi yana bir xushxabar: yoshlar o‘rtasida 2025 yilgi Paraosiyo o‘yinlari ham Toshkent shahrida o‘tkaziladigan bo‘ldi. Bu haqda Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi prezidenti Majid Rashid ma’lum qilgan.

Bu musobaqani qabul qilish uchun qit’amizning bir qator yetakchi davlatlari da’vogarlik qilishgan edi. Yakunda Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi Toshkent shahri nomzodini qo‘llab-quvvatladi.

E’tiborlisi, shu paytgacha hech qaysi davlatda yoshlar o‘rtasidagi Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari ketma-ket o‘tkazilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!