2025-yilda Orolbo‘yi ekologik barqarorligini ta’minlash uchun 32 mln dollardan ortiq grantlar jalb etildi
“O‘zbekiston–2030” strategiyasi doirasida Orolbo‘yi mintaqasining ekologik barqarorligini ta’minlash mamlakat davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.
• Joriy yilda 150,7 ming gektar maydonda ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borildi, shundan 145,2 ming gektari Orol dengizi qurig‘i va unga qo‘shni hududlarni qamrab oldi. Muynoq tumanida 90,5 ming gektar maydonda yashil qoplamalar yaratildi, shuningdek Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatida ham amalga oshirildi. Qolgan 5,5 ming gektar respublikadagi boshqa hududlarda ko‘kalamzorlashtirildi.
• Sho‘rlanish va qurg‘oqchilikka chidamli ko‘chatlar, jumladan saksovul, cherkas va qoroburoq tanlab olindi. Keng ko‘lamli ekin ishlari uchun 697 tonna urug‘ zaxirasi tayyorlandi.
• 2025-yilda umumiy qiymati 32,5 mln AQSh dollari bo‘lgan yettita xalqaro grant loyihalari ishga tushirildi. Loyihalar ekotizimlarni tiklash, suv va yer resurslarini integral boshqarish hamda ularning iqlimga chidamliligini oshirishga qaratilgan.
Amalga oshirilayotgan choralar Orol inqirozi oqibatlarini yumshatish va Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish uchun asos yaratadi.
