2023 yilda Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan 126 nafar shaxs sudlanib, ularning 84 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 42 nafariga esa ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar (shartli va ozodlikni cheklash) tayinlangan. Sudlanganlarning 111 nafari ayol, 15 nafari esa erkak. Ushbu jinoyat oqibatida 242 nafar shaxs jabrlangan bo‘lib, shulardan 151 nafarini ayollar hamda 24 nafarini 3 yoshgacha bo‘lgan chaqaloqlar tashkil qilgan.
2024 yilning yanvar-may oylarida Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan 69 nafar shaxs sudlanib, ularning 52 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 17 nafariga esa ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar (jarima, shartli va ozodlikni cheklash) tayinlandi. Sudlanganlarning 53 nafari ayol, 16 nafari esa erkak. Ushbu jinoyat oqibatida 86 nafar shaxs jabrlangan bo‘lib, shulardan 63 nafarini ayollar hamda 14 nafarini 3 yoshgacha bo‘lgan chaqaloqlar tashkil etdi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Ўзбекистон футболида катта ўзгаришлар даври бошланмоқда. Президентнинг янги қарорига мувофиқ, Суперлига клубларини молиявий соғломлаштириш ва босқичма-босқич хусусий секторга ўтказиш бўйича аниқ «йўл харитаси» белгиланди.
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Дастлабки маълумотларга кўра, мазкур маҳсулотлар Қирғиз Республикасидан ноқонуний равишда олиб кирилган бўлиб, уларнинг бир қисми ярим тайёр, яна бир қисми эса қайта ишланган ҳолатда бўлган.
Озарбайжонда 33 ёшли эркак шок ҳолатга олиб келган ҳаракати билан фуқаролар эътиборини тортди. У аввало онасига ҳужум қилиб, уни вафот эттирди, кейин эса ўз жонига қасд қилиб, ўзини ёқиб юборди.