2023 yil iqlimi asosan El-Ninyo hodisasi fonida shakllanadi

2023 yil iqlimi asosan El-Ninyo hodisasi fonida shakllanadi

Iqlimshunoslar anchadan beri Tinch okeani markazidagi katta massadagi suv harorati bilan bog‘liq El-Ninyo va La-Ninyo hodisalari dunyo iqliminining "motori" ekanini ta’kidlab kelishadi.

Oxirgi uch yillikdagi La-Ninyo faolligi bizning mintaqada antisiklonlar rivojlanishi fonida qish-bahor mavsumida to‘satdan kirib keluvchi anomal sovuq havo to‘lqinlarini oshirib yubordi.

Joriy yil mart oyidan esa La-Ninyo o‘rnini El-Ninyo egallashi prognoz qilinmoqda. "El-Ninyo" fenemon hodisa iqlim katakilzmlari chastotasi ortishi, materik markazida davomli qurg‘oqchilik va to‘satdan yuzaga keluvchi jadal yog‘inlar xavfini ko‘paytiradi. 2016-yil dunyoda El Ninyo ning faolligi dunyo iqlimini oldingi yillarga nisbatan keskin isishiga olib kelgan edi.

Dunyoda 2023-yil harorati 2022 yil haroratidan issiq bo‘ladi. 2024 yil esa yuqori ehtimol, dunyoda oxirgi 8-9 yillik va kuzatuvlar tarixidagi eng issiq yil bo‘lishi mumkin. Hatto, o‘rtacha yillik harorat Parij iqlim bitimi shartlaridagi dunyo haroratini 1.5 darajadan ortib ketishi oldini olish majburiyatlaridan ham o‘tishi mumkin.

Iqlim anomaliyalari ortishi 2023 yilda qishloq xo‘jalik tarmog‘ida puxta rejalar, iqlim bilan hisoblashlar asosida oziq-ovqat xavfsizlik masalalariga e’tibor berishni taqozo etadi. An’anaviy usullar yordamida tirikchilik qilishlar El-Ninyo hodisasi faolashganda u qadar o‘zini oqlamaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!