2022 yil 1 iyundan tibbiyot xodimlarining oylik maoshlari oshiriladi

2022 yil 1 iyundan tibbiyot xodimlarining oylik maoshlari oshiriladi

Davlatimiz rahbarining “Tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.

Mazkur hujjatga muvofiq, 2022 yil 1 iyundan boshlab davlat tibbiyot muassasalari tibbiyot, farmasevtika va boshqa xodimlarining oylik lavozim maoshlari:

oliy va birinchi malaka toifalariga ega bo‘lgan tibbiyot va farmasevtika xodimlari uchun – 15 foizga;

ikkinchi malaka toifasi va toifaga ega bo‘lmagan, shuningdek, boshqa tibbiyot va farmasevtika xodimlari uchun – 10 foizga;

tibbiyot muassasalarining boshqa xodimlari uchun – 15 foizga oshiriladi.

Bunda, tibbiyot muassasasi xodimlarining tarif stavkalarini hisoblash amaldagi mehnatga haq to‘lash razryadlari bo‘yicha tarif koeffisiyentlarini tegishincha 1,15 va 1,1 barobarga ko‘paytirish orqali amalga oshiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!