2022/23 yilgi mavsumdagi eng yaxshi transferlar ro‘yxati ma’lum qilindi

2022/23 yilgi mavsumdagi eng yaxshi transferlar ro‘yxati ma’lum qilindi

Buyuk Britaniyaning Goal portali Yevropa ligalarining 2022/23 yilgi mavsumdagi eng yaxshi transferlari ro‘yxatini tuzdi.

Reytingdan 21 nafar futbolchi joy oldi. Birinchi o‘rinni “Borussiya Dortmund”dan “Manchester Siti”ga o‘tgan Erling Holand egalladi. “Napoli”da porlagan Xvicha Kvarasxeliya va “Bavariya”ni “Barselona”ga almashtirgan Robert Levandovski kuchli uchlikni yakunlab bergan.

To‘liq ro‘yxat quyidagicha ko‘rinish olgan:

1. Erling Xoland (“Manchester Siti”ga, 51 mln funt);
2. Xvicha Kvarasxeliya (“Napoli”ga, 9 mln funt);
3. Robert Levandovski (“Barselona”ga, 42 mln funt);
4. Kazemiro (“Manchester Yunayted”ga, 70 mln funt);
5. Kim Min Chje (“Napoli”, 16 mln funt);
6. Gabriel Jezus (“Arsenal”, 45 mln funt);
7. Niklas Zyule (“Borussiya D”ga, tekin);
8. Enso Fernandes (“Benfika”ga, 10 mln funt);
9. Manuel Akanji (“Manchester Siti”ga, 15 mln funt);
10. Folarin Balogun (“Reyms”ga, ijara);
11. Sven Botman (“Nyukasl”ga, 35 mln funt);
12. Aleksandr Lyakazett (“Lion”ga, tekin);
13. Andre-Frank Zambo-Angissa (“Napoli”ga, 14 mln funt);
14. Randal Kolo-Muani (“Ayntraxt”ga, 14 mln funt);
15. Xavi Simons (“PSV”, tekin);
16. Andreas Kristensen (“Barselona”ga, tekin);
17. Andre Onana (“Inter”, tekin);
18. Takefusa Kubo (“Real Sosyedad”ga, 6 mln funt);
19.Paulo Dibala (“Roma”ga, tekin);
20. Aleksis Sanches (“Marsel”ga, tekin);
21. Matteys de Ligt (“Bavariya”ga, 67 mln funt).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!