2022/2023 o‘quv yilidan yurtimizda ilk bor transplantologiya va kardioxirurgiya bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi

2022/2023 o‘quv yilidan yurtimizda ilk bor transplantologiya va kardioxirurgiya bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi

Joriy o‘quv yilidan Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida “Transplantologiya” va “Kardioxirurgiya” mutaxassisliklari bo‘yicha klinik ordinatura (rezidentura) mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olish yo‘lga qo‘yiladi.

Muassasalarga Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan mahalliy va xalqaro tajribaga asoslangan holda ushbu mutaxassisliklar bo‘yicha o‘quv dasturlari tuzish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

“Kardioxirurgiya” va “Transplantologiya” mutaxassisliklarining murakkabligini hisobga olgan holda, ularga faqatgina “Xirurgiya” buyicha magistratura yoki “Umumiy xirurgiya” klinik ordinatura (rezidentura)ni bitirgan mutaxassisdar hujjat topshira oladi.

Nomzodlar umumiy tanlov asosida qabul qilinishi belgilangan bo‘lib, bu yo‘nalishlarda amaliyotga yo‘naltirilgan o‘quv jarayoni 3 yil davom etadi.

Ma’lumot uchun, joriy o‘quv yilidan boshlab maqsadli va to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan klinik ordinatorlarning o‘quv jarayoni birinchi va ikkinchi (o‘qish muddati 3 yil bo‘lgan mutaxassisliklar uchun) yillari tibbiyot institutlari klinikasi va ixtisoslashgan markazlarda o‘qitiladi.

O‘quv davrining bitiruv (ikkinchi, uchinchi) yilining ikkinchi semestrida (o‘quv muddatining oxirgi o‘quv semestrida) hududlardagi ixtisoslashgan tibbiyot markazlari filiallari, viloyat bolalar va kattalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari, Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam markazi filiallarida o‘quv amaliyot semestri o‘tkaziladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!