2021 yilning «Eng yaxshi sportchi-talabasi» - Akbar Jo‘rayev

2021 yilning «Eng yaxshi sportchi-talabasi» - Akbar Jo‘rayev

Og‘ir atletika bo‘yicha Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari va jahon chempioni Akbar Jo‘rayev «Yil talabasi- 2021» ko‘rik – tanlovining «Yilning eng yaxshi sportchi-talabasi» nominasiyasi g‘olibi bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti matbuot xizmati xabar berdi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘tkazilgan «Yil talabasi- 2021» ko‘rik – tanlovining «Yilning eng yaxshi sportchi-talabasi» nominasiyasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Ko‘pkurash fakulteti «Og‘ir atletika» ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Akbar Jo‘rayev 1-o‘ringa munosib topildi.

Og‘ir atletikachi Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari va jahon chempioni hisoblanadi. Shuningdek, Jo‘rayev Olimpiada rekordini va Toshkentda o‘tkazilgan Jahon chempionatida jahon rekordini yangilagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!