2021 yilda 19 nafar sudya tizimdan chetlatilgan

2021 yilda 19 nafar sudya tizimdan chetlatilgan

2021 yilda sudyalik qasamyodi va odob-axloq qoidalarini hamda odil sudlovni amalga oshirishda qonun talablarini qo‘pol ravishda buzgan 19 nafar sudya tizimdan chetlatilgan.

Bu haqda Sudyalar oliy kengashi raisi Xolmo‘min Yodgorov O‘zAga bergan interyusida ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, 2020 yilda 12 nafar sudya tizimdan chetlatilgan bo‘lsa, 2021 yilda ularni soni 19 nafarga yetgan.

«Ta’kid etishim shart, vazifasidan ozod etilganlarning avvalgi yilga qaraganda nisbatan ko‘pligi sudyalarga qo‘yilayotgan talablar kuchaygani bilan izohlanadi. Shuningdek, odil sudlovni amalga oshirish jarayonida yo‘l qo‘ygan xato-kamchiliklari uchun 220 nafar sudyani intizomiy javobgarlikka tortishga to‘g‘ri keldi», — deya ta’kidlagan Yodgorov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!