19 yashar talaba qiz yotoqxonaning 10-qavatidan tushib ketdi (foto)

19 yashar talaba qiz yotoqxonaning 10-qavatidan tushib ketdi (foto)

19 yoshli Viktoriya G. Litva poytaxti Vilnyusda joylashgan Yevropa davlat universitetida o‘qirdi. U o‘ziga xos selfi olishga qaror qildi. Ammo...

Viktoriyaning jasadi o‘zi yashaydigan talabalar shaharchasida, talabalar turar joyidan topildi. Guvohlarning aytishicha, qiz tungi osmon fonida chiroyli selfi olishni niyat qilgan. Shu niyatda yotoqxonaning 10-qavatiga ko‘tarilgan. "Mirror" nashriga ko‘ra, 10-qavatga chiqqan qiz muvozanatini yo‘qotgan va pastga qulagan.

Voqea joyiga darhol tez yordam chaqirildi. Shifokorlar talaba qizning hayoti uchun kurashishdi. Ammo qizning yuragi urishdan to‘xtadi.

Vilnyus huquqni muhofaza qilish xodimlari voqea yuzasidan ish olib borishmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!