18 may kuni yurtimizda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti bilan tanishing

18 may kuni yurtimizda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti bilan tanishing

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 18 may kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, kunduzi qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Momaqaldiroq paytida shamolning tezligi sekundiga 12-15 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 16-18, kunduzi 27-29 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 14-19 daraja iliq, kunduzi 28-33 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kunduzi ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Momaqaldiroq paytida shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 14-19 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kunduzi ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Momaqaldiroq paytida shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Chekka tumanlarda vaqti-vaqti bilan kuchli yomg‘ir va do‘l yog‘ishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Momaqaldiroq paytida shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 8-13, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!