+18. Chorrahada mashina opa-singillarni urib ketdi (video)

+18. Chorrahada mashina opa-singillarni urib ketdi (video)

Krasnoyarskda Martinov va Lineynaya ko‘chalari chorrahasida piyodalar o‘tish yo‘lida baxtsiz hodisa sodir bo‘ldi.

Videoda ko‘rish mumkinki, sfetoforning yashil chirog‘i yonib, piyodalar harakatlanishni boshlagan paytda kutilmaganda to‘g‘ridan kelgan Lada mashinasi 2010 yilda tug‘ilgan aka-singilni urib ketadi. Qizga hech narsa qilmaydi, u hatto yiqilmaydi ham, ammo akasi mashina zarbidan yerga yiqiladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Lada ni 1973 yilda tug‘ilgan ayol boshqarayotgan bo‘lgan.

Ayni damda bolaning ahvoli qoniqarli. Miyasi biroz chayqalgan va bir nechta tishidan ayrilgan.

Tekshiruvdan so‘ng shifokorlar qizga ruxsat berishdi, akasi esa kasalxonada qoldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!