17 iyun sanasida sodir bo‘lgan muhim tarixiy voqealar
1579 yil—Angliyalik qaroqchi Frensis Dreyk butun dunyo bo‘ylab suzib yurib, San-Fransisko hududiga kelib tushgan va uni "Yangi Albion" deb atab, ingliz mulki deya e’lon qilgan;
1789 yil— Fransiyada ruhoniylar va dvoryanlarning quyi qatlamlari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan General Shtatlar Milliy Assambleya deb e’lon qilingan. Milliy yig‘ilishni tarqatish uchun qilingan urinish 13-14 iyul kunlari xalq qo‘zg‘oloniga, Bastiliyaning egallanishga va Fransiya inqilobining g‘alabasiga olib kelgan;
1866 yil —Avstriya-Prussiya urushi boshlangan;
1885 yil — fransuz xalqining AQShga sovg‘asi Ozodlik haykali fransuz "Isere" paroxodida Nyu-Yorkka yetib kelgan;
1898 yil —AQSh Senati Gavayining qo‘shib olinishiga rozi bo‘lgan;
1925 yil— Jenevada zaharli, asfiksiyant va boshqa shu kabi gazlar, biologik qurollardan urushda foydalanishni taqiqlash to‘g‘risidagi protokol imzolangan;
1939 yil —Fransiyada oxirgi marta gilyotina orqali ommaviy qatl ijrosi bo‘lib o‘tgan (qotil Yevgeniy Vaydman qatl etilgan);
1942 yil— Bekobodda metallurgiya zavodini qurish haqida qaror qabul qilingan;
1944 yil —referendum natijasida Daniya-Islandiya ittifoqi tugatilgan, Islandiya respublika deb e’lon qilingan;
1950 yil — Chikagodagi jarroh Richard Loyler dunyodagi birinchi buyrak transplantasiyasini 45 daqiqada amalga oshirgan;
1967 yil — XXRda vodorod bombasining birinchi sinovlari bo‘lib o‘tgan;
1972 yil —AQSh polisiyasi Vashington shtatidagi Uotergeyt mehmonxonasi majmuasidagi demokratlar shtab-kvartirasida tinglash apparatlarini o‘rnatgan beshta jinoyatchini hibsga olgan. Ushbu janjal Prezident Richard Niksonning siyosiy faoliyatini tugatgan;
1982 yil —BMT Bosh assambleyasidagi nutqida AQSh prezidenti Ronald Reygan SSSRni yovuz imperiya deb atagan;
1991 yil —Janubiy Afrikada yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni irqiy ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi qonun bekor qilingan, bu amalda ushbu mamlakatda aparteid siyosati bekor qilinganligini anglatgan.
2004 yil— Toshkentda SHHTga a’zo mamlakatlar sammiti bo‘lib o‘tgan.
