16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilari ID karta olishlari shart-XTV

16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilari ID karta olishlari shart-XTV

Abituriyentlar diqqatiga: OTMga hujjat topshirish uchun ID karta oling, biroq biopasport ham o‘tadi

Xalq ta’limi vazirligi joriy yilda maktabni tamomlab, oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishni rejalashtirgan 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilari o‘z vaqtida fuqarolik pasporti, ya’ni ID karta olishlari shartligini eslatib o‘tdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda 16 yoshga to‘lgan 122 mingdan ortiq bitiruvchilar ID karta olmagan.

OTMlarga abituriyentlarning hujjatlari Davlat test markazining dtm.uz sayti orqali onlayn qabul qilinadi. Onlayn hujjat topshirishda abituriyentlar yoki biometrik pasport, yoki ID karta ma’lumotlarini kiritish talab etiladi.

❗️Shu bois, 16 yoshga to‘lgan (o‘quv yili oxiriga qadar to‘ladigan) bitiruvchilar o‘z vaqtida, yana ham aniqrog‘i OTMga qabul jarayonlari boshlangunga qadar ID karta olish harakatida (hozir biometrik pasport bermayapti, faqat ID karta beriladi) bo‘lishlari tavsiya etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!