16-18 sentyabr kunlari Yerni magnit bo‘roni qoplaydi

16-18 sentyabr kunlari Yerni magnit bo‘roni qoplaydi

Mutaxassislar yaqin kunlarda Yerni kuchli magnit bo‘roni qoplashi haqida ogohlantirmoqda. Bu haqda "Zamon.uz" sayti yozmoqda.

Xususan, hodisa 16-18 sentyabr kunlari kuzatiladi. 16 sentyabr kuni bo‘ron o‘rtacha, 17-da kuchli va 18 sentyabrda yana o‘rtacha bo‘ladi.

Magnit bo‘ronlarning ta’sirini minimallashtirish uchun mutaxassislar ortiqcha ishlamaslik, yetarlicha uxlash, spirtli ichimliklar, kofeinli ichimliklar, yog‘li va zararli ovqatlardan voz kechishni tavsiya qiladi. Shuningdek, jismoniy faollikni kamaytirish va ochiq havoda ko‘proq vaqt o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.

Avval ham Quyoshdagi kuchli chaqnash tufayli Yer sayyorasi magnit bo‘roni bilan qoplangan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!