1500 yo‘lovchisi bo‘lgan kruiz kema Barselonada qolib ketdi

1500 yo‘lovchisi bo‘lgan kruiz kema Barselonada qolib ketdi

Braziliyadan Italiyaga yo‘l olgan kruiz kemasida bo‘lgan 69 nafar boliviyalik Shengen hududiga kiritilmagan. Shu sababli kema Barselonada qolib ketdi, deb yozadi Yeuronews.

Braziliyadan kelgan MSC kruiz kemasi seshanba kuni ertalabdan beri Barselona portida qolib ketdi, bortidagi 1500 nafar yo‘lovchidan 69 nafari Shengen hududiga kirish uchun soxta viza taqdim etgan.

Ispaniya rasmiylari qolgan yo‘lovchilarga seshanba kuni bir necha soat tushishiga ruxsat berdi, biroq chorshanba kuni nizo hal etilgunga qadar kema portda qoldi.

Mahalliy OAV xabarlariga ko‘ra, 10 000 dollarlik viza kruiz paketini sotib olgan 69 boliviyalik firibgarlik qurboni bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Boliviyaliklarning so‘zlariga ko‘ra, ularning bir qismini Barselona portida qarindoshlari kutishmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!