“101 reys” filmining katta premyerasi sanasi ma’lum bo‘ldi

“101 reys” filmining katta premyerasi sanasi ma’lum bo‘ldi

Kinematografiya agentligi tomonidan 28 sentyabr 3 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan “Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida “101 reys" badiiy filmining katta premyerasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur kinokartina agentlik buyurtmasiga binoan “Yoshlik kinostudiyasi” DUK tomonidan suratga olingan. Unda 2001 yil 11 sentyabr kuni mash’um terakt tufayli Toshkent-Nyu-York yo‘nalishida parvoz qilgan “O‘zbekiston havo yo‘llari” samolyoti ekipaj a’zolarining favqulodda jasorati to‘g‘risida hikoya qilinadi.

Ssenariy muallifi va rejissyor Akrom Shohnazarov, ikkinchi rejissyor Go‘zal Yusupova, postanovkachi operator Dilmurod Turdiboyev, rassom Alisher To‘laboyev.

Filmda bosh qahramon rolini Hoshim Arslonov ijro qilgan. Rollarda Umid Iskandarov, Samiddin Lutfullayev, Lola Eltoyeva, Nigina Anorboyeva, Bahora Arslonova, Erkin Bozorov va boshqalar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!