Tramp Isroil va Livan o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish rejimi yana uch haftaga uzaytirilishini e’lon qilsa-da, Netanyahu sulhdan atigi ikki kun o‘tib, hujumga kirishni buyurdi, deb xabar bermoqda BBC.
Bunga “Hizbulloh” tomonidan “o‘t ochishni to‘xtatish rejimining buzilishi” sabab bo‘lgani aytilmoqda. Isroil mudofaa armiyasi (SAXAL) guruh Isroil shimoliga va Livan janubida joylashgan Isroil bo‘linmalariga raketa va dronlar uchirgani ma’lum qilingan.
Netanyahuning ko‘rsatmasidan keyin Isroil armiyasi Luvanga yangi zarbalar yo‘lladi. Ushbu hujumlar oqibatida jamida olti kishi halok bo‘ldi. Jumladan, Nabatiya shahrida yuk mashinasi va motosiklga berilgan zarbalarda to‘rt kishi qurbon bo‘ldi. Bint-Jubayl shahrida esa ikki kishi halok bo‘ldi, 17 kishi turli darajadagi jarohatlar oldi.
“Hizbulloh” guruhi Nabatiyadagi hujumlarga javoban Livan janubidagi Isroil armiyasi texnikasini nishonga olganini bildirdi. Bu kabi to‘qnashuvlar AQSh prezidenti Donald Tramp 23 aprel kuni e’lon qilgan uch haftalik sulh amalda ishlamayotganini ko‘rsatmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Ҳозирда тергов ҳаракатлари давом этмоқда. Ўзбекистоннинг Сеулдаги элчихонаси мазкур ҳолатни назоратга олган бўлиб, Корея томони билан ҳамкорликни давом эттирмоқда.
Фаррух Пулатовнинг айтишича, Тошкентдаги 419 та умумий овқатланиш корхонаси ҚҚСдан қочиш учун ўз номига ёки ходимлари номига ЙТТ очиб, чекларни улар номидан бермоқда.
Ўзбекистон терма жамоаси ва «Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов CIES версиясига кўра 23 ёшгача бўлган энг яхши футболчилар рўйхатига киритилди.
2026 йил март ойида Ливандаги можаро кучайиши ортидан 1 миллиондан ортиқ одам ўз уйини тарк этди. Улардан тахминан 620 мингини аёллар ва қизлар ташкил этди.