Turkiyada Ramazon shukuhi: Usmoniylardan meros saharlik va iftorlik an’analari

Turkiyada Ramazon shukuhi: Usmoniylardan meros saharlik va iftorlik an’analari

Turkiyada Ramazon oyiga xos ajoyib urf-odatlar mavjud. Istanbulning tarixiy gumbazlaridan tortib Onado‘li mahallalarigacha yoyilgan iftor dasturxonlari, saharlikda yangraydigan dovul sadolari va asrlar davomida shakllangan urf-odatlar bu davrga o‘zgacha fayz bag‘ishlaydi.

Hayajonli onlar: iftorlik va saharlik an’analari

Turkiyada Ramazon kunlari iftor vaqti yaqinlashgani sayin shaharlar yanada jonlanadi. Nonvoyxonalar oldida Ramazon pidesi (an’anaviy ravishda Ramazon oyida tayyorlanadigan turkcha non) uchun tizilgan navbatlar shunchaki non kutish emas, balki mahalla ahli uchun diydor va samimiy suhbat oniga aylanadi. Qaynoq pidening isi esa iftor vaqti yaqinlashganining yaqqol belgilaridan biridir.

Azon yangrashi bilan ko‘chalar asta-sekin bo‘shab, shahar sokinlashadi. Odamlar ro‘zalarini ochish uchun dasturxon atrofida jam bo‘lishadi. Iftorlik dasturxonlari birdamlik va baham ko‘rishning ramzi hisoblanadi. Shu bois bu an’ana “Iftor va ro‘za ochish an’analari” nomi bilan YUNESKOning Nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgan.

Tonggi nostalji: Ramazon dovulchilari

Saharlik vaqtining eng ramziy timsollaridan biri, shubhasiz, Ramazon dovulchilaridir. Texnologiya va soat hali hayotimizga kirib kelmagan zamonlardan meros qolgan bu an’ana bugun ham ko‘plab mahallalarda davom etmoqda. Tun qorong‘usida ko‘chama-ko‘cha kezgan dovulchilar dovul chalib, mahalla ahlini saharlikka uyg‘otadi. Ular aytgan qo‘shiqlar ba’zan hazilomuz, ba’zan esa o‘yga toldiruvchi mazmuni bilan go‘yo madaniy xotiraning ko‘chalarda yangragan sadolaridek jaranglaydi.

Osmondagi yozuvlar: mahyalar

Ramazon kirib kelishi bilan Turkiyaning, ayniqsa Istanbulning shahar manzarasi o‘zgacha qiyofa kasb etadi. Masjidlarning ikki minorasi orasiga chiroqlar (avvallari kandillar, hozir elektr lampalar) yordamida osiladigan yorug‘ yozuvlar mahya deb ataladi. Usmoniylar davridan meros bo‘lib qolgan bu noyob san’at hanuz yashab kelmoqda. Ramazon boshida “Xush kelibsan”, oy o‘rtalarida “Yaxshilik vaqti keldi”, yakunida esa “Xayr, Ramazon” kabi yozuvlar minoralar orasida porlab, shahar osmonini ma’naviy nurga burkaydi.

Ramazonning tarixiy an’analari: “Zimem daftari” va “Tish haqi”

Usmoniylar davridan qolgan Ramazon madaniyatida saxovat va hamjihatlik ruhini ifodalovchi an’analar mavjud. Zimem daftari shulardan biridir. Badavlat kishilar mahalla baqqoliga borib, qarz daftarining tasodifiy sahifalaridagi qarzlarni to‘lab, hisobni yopib qo‘yishardi. Bu jarayonda qarzdor ham kim yordam berganini bilmas, qarzni to‘lagan kishi ham kimga yordam qilganidan bexabar qolardi.

Ramazon bilan bog‘liq yana bir nafis an’ana — “tish haqi”. Ilgari iftorga taklif qilingan mehmonlarga uy egalari “ovora bo‘lib keldingiz, taom tanovul qilib tishlaringiz charchadi” deya minnatdorlik belgisi sifatida hadiya yoki pul taqdim etishgan. Bu esa mehmonni e’zozlash va mehmondo‘stlikning nozik ifodasi sanalgan.

Turkiyada Ramazon muhitini his qilish mumkin bo‘lgan shaharlar

Turkiyada Ramazon har bir shaharda o‘zgacha shukuh bilan nishonlanadi. Ba’zi joylarda tarixiy maydonlar gavjumlashsa, boshqa hududlarda mahalla ko‘chalarida iftor dasturxonlari yoziladi. Ramazon muhitini turli manzaralarda his qilish mumkin bo‘lgan shaharlar orasida, shubhasiz, Istanbul alohida o‘rin tutadi. Ayniqsa Tarixiy Yarimorol hududida kechki paytlar o‘zgacha muhit hukm suradi. Sulton Ahmad masjidi atrofi iftor yaqinlashgani sayin odamlar bilan to‘lib toshadi, oilalar maysazorlarga yozilgan dasturxonlar atrofida azon sadolarini kutib o‘tirishadi. Quyosh botib, osmon qizg‘ish ranglarga burkangan pallada minoralar orasida porlagan mahyalar shahar manzarasiga nafis ko‘rk bag‘ishlaydi.

Onado‘lining yuragida joylashgan Konya Ramazon oyida sakinat va ma’naviyat maskaniga aylanadi. Mavlono Jaloliddin Rumiy ta’limotidagi bag‘rikenglik ruhi ufurib turadigan bu shaharda iftor vaqti yaqinlashgani sayin Mavlono maydoni ro‘zadorlar bilan gavjumlashadi. Shahar nonvoyxonalaridan yangi pishgan go‘shtli nonning hidi ko‘chalarga taralar, iftordan so‘ng esa Selimiye yoki Kapu masjidlaridan yangragan tarovih sadolari tun bag‘riga singib ketadi.

Usmoniylar davlatining ilk poytaxtlaridan biri bo‘lgan Bursa Ramazon an’analari chuqur ildiz otgan shaharlar qatorida alohida ajralib turadi. Shahar timsoliga aylangan Ulu jome masjidi va uning atrofi bu oy davomida kunning deyarli har bir lahzasida gavjum bo‘ladi. Iftordan so‘ng boshlanadigan Hojivat va Karago‘z soyali teatr tomoshalari esa Usmoniylar davridan meros bo‘lib qolgan ko‘ngilochar madaniyatning yorqin namunasi sifatida hanuz ko‘chalarda va madaniyat markazlarida namoyish etilmoqda.

Janubi-Sharqiy Onado‘lining qadimiy shaharlaridan biri — Shonliurfa Ramazonni o‘ziga xos iliq muhit va tuprog‘ining barakasi bilan qarshi oladi. Shahar hayoti ayniqsa Balikligo‘l atrofida qaynaydi. Iftor vaqtida ko‘l bo‘yidagi yashil maydonlarda yer dasturxonlari yozilib, chig‘ ko‘ftalar (xom katletlar) pishiriladi va yuzlab insonlar bir paytda ro‘zalarini ochadi. Bu shaharda jigar kabobi nafaqat kechki, balki saharlikda ham sevib iste’mol qilinadigan mashhur taom hisoblanadi.

Turkiyaning Ramazonga xos lazzatlar xaritasi

Turkiyada Ramazon dasturxonlari alohida taomlar bilan bezatiladi. Gaziantepda iftorlik va bayram dasturxonlarining bosh taomi — yuvalama. Guruch, go‘sht va no‘xatning qatiq bilan uyg‘unlashuvidan tayyorlanadigan bu taom barakaning ramzi sanaladi.

Malatyada esa gilos barglariga o‘ralgan gilos bargi sarmasi iftor dasturxonlarining eng sevimli taomlaridan biridir.

Shirinliklar orasida Mersinning kerebichi, Gaziantepning Ramazon kahkesi, Erzurumning kadayif dolmasi, Bursaning tahinli pidesi alohida o‘rin tutadi.

Ramazon deyilganida esa eng mashhur shirinlik — Usmoniylar saroy oshxonasidan meros gullech yodga tushadi. Makkajo‘xori kraxmalidan tayyorlangan yupqa qatlamlar sut va gul suvi bilan uyg‘unlashib, Ramazon dasturxonlarining eng yengil va nafis shirinligiga aylanadi.

Bayram quvonchi

Bir oylik sabr, ibodat va ma’naviy poklanishdan so‘ng kirib keladigan Ramazon hayiti jamiyatdagi mehr-oqibat va bag‘rikenglikning yana bir bor namoyon bo‘lishidir. Hayit tongida odamlar erta turib, eng ozoda liboslarini kiyadi va masjidlar ibodat qiluvchilar bilan to‘lib ketadi.

An’anaga ko‘ra, kichiklar kattalarning qo‘lini o‘pib hurmat bajo keltiradi, kattalar esa ularga hayitlik ulashadi. Uyma-uy yurib bayram bilan tabriklab, shirinlik yig‘ayotgan bolalarning quvonchi ko‘chalarga alohida fayz bag‘ishlaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Evropa Ukrainadan voz kechib, Rossiya bilan hamkorlik qilishga harakat qilmoqda

Бу ҳақда Германиянинг Berliner Zeitung газетаси хабар берди

JCH-2026ni o‘tkazib yuboradigan eng qimmat futbolchilar reytingi tuzildi

Transfermarkt мутахассислари ўзига хос рейтингини эълон қилишди.

Eron: "Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tajovuzkor AQShning USS Abraham Lincoln aviatashuvchi kemasiga zarba berdi"

Бу ҳақда Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси матбуот хизмати маълум қилди.

Trampning bosimi ostida qolgan Saudiya Arabistoni shahzodasi Putin bilan suhbatlashdi

Бу ҳақда Россия ОАВлари Кремль матбуот хизматига таяниб хабар бермоқда.

AQSh va Isroil Eronga gumanitar yordam olib ketayotgan samolyotni urib tushirdi

Бу ҳақда Эрон фуқаролик авиацияси ташкилоти баёнот берди.

Hormuz bo‘g‘ozida Amerika qiruvchi samolyoti urib tushirildi

Бу ҳақда ISNA агентлиги Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпусига таяниб хабар берди.

Pep Gvardiola Yevropaning grand terma jamoasini qabul qilib olishi mumkin

Италия терма жамоаси навбатдаги бор Жаҳон чемпионатидан қуруқ қолганидан сўнг янги мураббий тайинлашга тайёргарлик кўрмоқда.

Misr kemasi Rossiyaning "Arktik Metagaz" gaz tashuvchisini tortib olayotgani xabar qilindi

Ливия Фавқулодда вазиятлар қўмитаси маълумотига кўра, кема ҳозирда қирғоқдан 62 мил узоқликда жойлашган.

Mirshaymerning keskin bayonoti: «Tramp va Netanyaxu Nyurnbergda osilgan bo‘lar edi»

Агар Нюрнберг суд жараёнлари бугун ўтказилганида, АҚШ президенти Дональд Трамп ва Исроил бош вазири Биньямин Нетаньяху қатл этилган бўлар эди.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Erondan Isroilga raketalar to‘lqini otildi

Бу ҳақда Исроил армияси матбуот котиби маълум қилди.

O‘zbekiston taklifni qabul qilmagan mashhur murabbiy mundialga boshqa termani olib boradi

Ўтган йили Ўзбекистон миллий терма жамоаси бошқаришга таклиф этилган машҳур немис мутахассиси Йоахим Лёв барибир жаҳон чемпионатига бориш имкониятига эга бўлди.

Tramp Eron tomonidan urib tushirilgan samolyot haqida fikr bildirdi

Бу ҳақда NBC News нашри хабар бермоқда.

Buyuk Britaniyada 14 million dollarlik lotereya yutib olgan shaxs yutuqlarini qo‘lga kirita olmadi

Бу ҳақда ўйинни ўтказган миллий лотерея оператори Allwyn хабар берди.

Eron tomonidan urib tushirilgan AQSh F-15 samolyotining ekipaj a’zolaridan biri qutqarib olindi

Бу ҳақда CBS News америкалик расмийларга таяниб хабар берди.

Бу можаро бошланганидан буён тўртинчиси

АҚШда 2020 йилда ҳалок бўлган генерал Қосим Сулаймонийнинг қариндошлари — жияни ва унинг қизи ҳибсга олингани хабар қилинди.

AQSh Eron bilan urushda 13 harbiy xizmatchidan ayrilgan, 365 nafari esa yaralangan

Пентагон маълумотига кўра, Эронга қарши ҳарбий ҳаракатларда энг кўп талафотни қуруқлик қўшинлари берган.

Germaniyadagi qonun o‘zgarishi Ukrainacha safarbarlikka olib kelishi mumkin

Германияда ҳарбий хизматга оид қонунга киритилган ўзгаришлар жамиятда баҳс-мунозараларга сабаб бўлмоқда.

Donald Tramp Eronga 48 soat berdi: “shundan so‘ng do‘zaxni ochamiz”

АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга Яқин Шарқ келишуви бўйича АҚШ шартларини қабул қилиш учун 48 соат муддат берганини маълум қилди.

Venada Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qarshi miting o‘tdi

Намойишда бир неча юз киши иштирок этган.

Donald Tramp Eron operasiyasi tufayli qiyin vaziyatga tushdi

Истеъфодаги америкалик дипломат Жим Жатраснинг фикрича, АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга қарши операция сабаб мураккаб сиёсий вазиятда қолган.

Germaniyada niqobli shaxs poyezd yo‘lovchilariga hujum qildi

Йўловчилардан бири ҳужумчини ҳожатхонага қамаб қўйишга муваффақ бўлган. Полиция жиноятчини Бонн/Зигбург вокзалида қўлга олди.

Rossiyada yo‘lovchi poyezdining yettita vagoni relsdan chiqib ketdi

Челябинск вилояти губернатори Алексей Текслернинг аниқлик киритишича, икки йўловчи оғир тан жароҳати олган, яна 20 киши ҳам енгил жароҳатланган.

"Abadiyat belgilar: Ramzlarda turkiy olam” hujjatli filmi e’lon qilindi (VIDEO)

Фильм Туркий маданият ва мерос жамғармаси томонидан ишлаб чиқарилган бўлиб, энди TurkDiscovery YouTube платформасида томоша қилиш учун тақдим этилди.

Toshkentda zilzila sodir bo‘ldi

Тожикистонда 10 км чуқурликда 5.5 магнитудали зилзила қайд этилди.

Marokash giyohvand moddalar karteliga tegishli yer osti tunneli Ispaniyada topildi

Операцияда 250 га яқин полиция ходими иштирок этди. Натижада 27 киши ҳибсга олинди, 17 тоннадан ортиқ гашиш ва 88 килограмм кокаин мусодара қилинди.

Donald Tramp Eronga yangi tahdid yubordi: “Kelishuvga erishmasangiz, hech narsa qolmaydi”

Бу таҳдид Трампнинг Truth Social аккаунтида эълон қилинди.

Donald Tramp ijtimoiy dasturlarni qisqartirish orqali harbiy xarajatlarni yirik miqdorda oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Bloomberg

Агентликнинг хабар беришича, АҚШнинг 2027 йилги бюджетида асосий эътибор мудофаа соҳасини кенг кўламда кучайтиришга қаратилади.

AQSh va Isroil havo hujumi Tehron yaqinidagi Karaj shahrida qurilayotgan B1 ko‘prigini qisman vayron qildi

Кўприк минтақани Эрон пойтахти билан боғлайдиган йирик автомагистралнинг бир қисми бўлиши режалаштирилган эди.

Xitoyda yangi xavfli virus tarqalmoqda

Хитойда илк бор ўта хавфли SAT1 туридаги вирус штамми аниқланди — касаллик Россиянинг чегара ҳудудларида тарқалмоқда.

Eron qat’iy ogohlantirdi: AQSh va Isroil taslim bo‘lmas ekan, urush to‘xtamaydi

Эрон расмийлари АҚШ ва Исроил ҳали таслим бўлмагани ҳолда, Теҳронда олиб борилаётган ҳарбий кампания тўхтамаслигини эълон қилди.

Ukraina terrorni eksport qila boshladi...

Яқинда Ҳиндистонда олти украиналик ва битта америкалик ҳибсга олинган эди.

Tehronda vayronagarchilik: 46 mingdan ortiq binoga zarar yetdi

АҚШ ва Исроилнинг 28 февралдан 2 апрелгача бўлган ҳаво ҳужумлари натижасида Теҳронда 46 437 та турар-жой ва тижорат бинолари зарар кўрди.

Donald Tramp va NATO o‘rtasida ziddiyat: respublikachilar qarshi chiqmoqda

АҚШдаги республикачи сиёсатчилар Дональд Трампнинг мамлакатни НАТОдан чиқариш эҳтимолига қарши чиқмоқда.