Qish faslida ham iliq iqlimi bilan ajralib turadigan Turkiya shaharlari

Qish faslida ham iliq iqlimi bilan ajralib turadigan Turkiya shaharlari

Turkiyaning geografik joylashuvi va relefi tufayli mamlakatning turli hududlarida bir vaqtning o‘zida turli fasl va iqlim sharoitlarini kuzatish mumkin. Shu bois, o‘lkada qish faslida ham iliq iqlimga ega shaharlar uchraydi.

Antaliya: serquyosh shahar

Ta’til deganda ko‘pchilikning aqliga birinchi keladigan shahar— Antaliya. Yoz fasli eng so‘ng tark etadigan hududlardan biri ham shu shahar hisoblanadi va qish oylarida ham o‘ziga xos iliqligini saqlab qoladi. Turkiyaning sharqiy va shimoliy mintaqalarida sovuq havo hukm surayotgan bir paytda, Antaliyada havo harorati ancha yuqori bo‘ladi. Bu yerda apreldan oktyabr oxiriga qadar dengizdan bahramand bo‘lish mumkin. Antaliya qishki ta’til uchun ham ideal tanlovdir!

Mersin: yoz nafasi ufurib turadigan shahar

Mersin qishda ham iliq iqlimi va sokin, huzurli muhiti bilan ajralib turadi. O‘rta yer dengizi mintaqasida joylashgani va janubga cho‘zilgan qirg‘oq chizig‘i tufayli Mersinda qish faslida havo harorati boshqa hududlarga nisbatan iliq bo‘ladi. Qolaversa, qish hali tugamasdanoq ob-havoga qarab dengizga tushish mumkin. Shahar betakror qo‘ltiqlari va musaffo sohillari bilan sayyohlarni o‘ziga rom etadi. Shinam mehmonxonalar esa qulay dam olish imkoniyatini taqdim etadi.

Adana: iliq iqlim hukmron shahar

Adana yoz faslida juda issiq bo‘ladi. Qishda esa harorat keskin pasaymaydi, shuning uchun iliq shaharlar orasida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Qish mavsumida qor juda kam yog‘adi va sayohat qilish hamda shahar hayotini yaqindan his qilishni xohlovchilar uchun eng mos payt sanaladi.

Aydin: antik shaharlar bag‘ridagi iliq qish

Aydin viloyati qishda barqaror va iliq iqlimi bilan ajralib turadi. Bu esa antik shaharlarni mavsumiy cheklovlarsiz o‘rganish imkonini beradi. Hududda 22 ta antik shahar mavjud bo‘lib, eng mashhurlariga Milet, Priyene, Magneziya, Nisa, Afrodisias va Alabada kiradi.

Mug‘la: qishki dam olish jannati

Jannatmakon manzillar nafaqat yozda, balki qishda ham kashf qilishga arziydi. Mug‘la bunga eng yaxshi misol. Marmaris, Bodrum, Fethiye va Go‘jekni sokin paytda sayr qilishning gashti bo‘lak. Bu safar dengiz emas, tor ko‘chalari va go‘zal manzaralaridan bahra oling. Mug‘la sayyohlar kam paytda naq hilvat maskaniga aylanadi.

Izmir: Egey dengizining qishki iliqligi

Izmir — qish faslida ham tashrif buyurish mumkin bo‘lgan iliq va jozibali shahar. Efes antik shahri, Agora yodgorligi, Kadifekale, Kemeralti bozori va Izmir arxeologiya muzeyi kabi tarixiy va madaniy maskanlar shaharning asl ruhini his qilishga yordam beradi. Qish mavsumida ham sokinligi va iliqligi bilan ajralib turadigan shahar sayohat ixlosmandlari uchun ideal yo‘nalishdir.

Denizli: termal buloqlar maskani

Denizli Egey mintaqasidagi yana bir iliq shahar. Qishda havo harorati deyarli tushmaydi va shahar o‘zining termal suvlari bilan mashhur. Bundan tashqari, Ajigo‘l, Bag‘boshi platosi va Pamukkale kabi ko‘plab tabiiy go‘zalliklari bilan ziyoratchilarni jalb qiladi. Shaharda Pamukkale, Karahayit, Akko‘y va Tekkeko‘y kabi ko‘plab issiq buloqlar mavjud.

Balikesir: Marmaraning iliq maskani

Balikesir qishda boshqa shaharlarga qaraganda sovuqroq bo‘lsa-da, u Marmara mintaqasi uchun ideal iliqlikka ega. Qish oxirida tashrif buyurish tavsiya etiladi, chunki mavsum o‘rtasida ham qor yog‘ishi mumkin. Ayvalik, Edremit, Bandirma, Erdek va Altinoluk kabi manzillar tabiiy va madaniy boyliklari bilan diqqatga sazovordir.

Chanoqqal’a: mo‘’tadil iqlimga ega

Chanoqqal’a — ko‘p shamol esishiga qaramay, Marmara mintaqasidagi yumshoq iqlimli shaharlardan biridir. Shaharni kashf qilish uchun qish fasli ayni muddao. Chanoqqal’a shahidlari yodgorligi, qadimiy Troya shahri, Troya muzeyi, Aynali bozori va Troya oti kabi tarixiy maskanlar shaharga yanada joziba bag‘ishlaydi. Shu bilan birga, Go‘kchaada va Bozjaadaga vapur orqali borish, sokin va tinch bu orollarda erkin sayr qilish zavq va huzur bag‘ishlaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

JCH-2026ni o‘tkazib yuboradigan eng qimmat futbolchilar reytingi tuzildi

Transfermarkt мутахассислари ўзига хос рейтингини эълон қилишди.

Tramp Saudiya shahzodasi haqida keskin bayonot qildi

Дональд Трамп Муҳаммад ибн Салмон ҳақида кескин ва баҳсли баёнот берди.

Turkiya AQShni ogohlantirdi!

Агар курдлар Эронга қарши ҳужумларда иштирок этса, дарҳол ҳарбий жавоб бўлади.

Rossiya Ukraina borasida Janubiy Koreyani jiddiy ogohlantirdi

Бу ҳақда Россия ташқи ишлар вазири ўринбосари Андрей Руденко маълум қилди.

"Bu yolg‘on. Men uning gaplarini eshitdim va..."

Ушбу баёнот Парижда бўлиб ўтган "G7" давлатлари ташқи ишлар вазирлари учрашувидан сўнг оммага олиб чиқилди.

Rossiya yaqinlashmoqda

DeepState таҳлилий ресурсининг янгиланган маълумотларига кўра, Россия қўшинлари Донецк вилоятининг бир қатор ҳудудларида олдинга силжиган.

Evropa Ukrainadan voz kechib, Rossiya bilan hamkorlik qilishga harakat qilmoqda

Бу ҳақда Германиянинг Berliner Zeitung газетаси хабар берди

Polsha nashri Alisher Usmonovning singlisi muhokama etilgan Lavrov va Siyyarto o‘rtasidagi suhbat yozuvini e’lon qildi

Айни пайтда мазкур аудиоёзув Европа ва Украина матбуотида кенг муҳокама этилмоқда.

OAV: Saudiya Arabistoni urush sabab AQShga chaqiriq bilan chiqdi

Бу ҳақда The Guardian Саудия разведка манбасига таяниб хабар берди.

Eron Isroilga eng yirik raketa hujumini amalga oshirdi

Бу ҳақда Исроил Мудофаа Кучлари матбуот котиби идораси маълум қилди.

Mashhur model Husanovga uchrashuv taklif qildi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов туғилган куни муносабати билан табрикларни олишни давом этмоқда.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Tramp Makronning rafiqasi bilan munosabatlari haqida hazil qildi

Оқ уйдаги тадбирда Америка етакчиси Франция етакчисининг рафиқаси унга ёмон муносабатда бўлиши ҳақида ҳазиллашди.

"AQSh Isroilning qo‘g‘irchog‘i sifatida Tehronga qarshi urushga kirdi"

Қўшма Штатларнинг Эрон инфратузилмасига ҳужумлари Эрон халқига қарши қаратилган ва ҳарбий жиноят ҳисобланади

"NATO Ho‘rmuz bo‘g‘ozi masalasida AQShga yordam berishga majbur emas"

Унинг сўзларига кўра, Франция Ҳўрмуз бўғози орқали кемалар ҳаракатини тиклаш бўйича ишлаш тарафдори, аммо бу ҳужумкор тарзда бўлмаслиги керак.

Donald Tramp AQSh tarixida Oliy sud majlisida shaxsan ishtirok etgan ilk prezident bo‘ldi

Капитолий тепалигидаги Олий суд бино олдида Трампга қарши намойишчилар тўпланган, зал ичида эса хавфсизлик чоралари одатдагидан сезиларли даражада кучайтирилган.

Trampga Erondagi yarim tonna uranni qo‘lga kiritish rejasi topshirildi

Бу тарихдаги энг йирик ва мураккаб махсус амалиётлардан бири, балки энг йириги бўлади.

Donald Tramp Eronga yangi tahdid yubordi: “Kelishuvga erishmasangiz, hech narsa qolmaydi”

Бу таҳдид Трампнинг Truth Social аккаунтида эълон қилинди.

Donald Tramp ijtimoiy dasturlarni qisqartirish orqali harbiy xarajatlarni yirik miqdorda oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Bloomberg

Агентликнинг хабар беришича, АҚШнинг 2027 йилги бюджетида асосий эътибор мудофаа соҳасини кенг кўламда кучайтиришга қаратилади.

AQSh va Isroil havo hujumi Tehron yaqinidagi Karaj shahrida qurilayotgan B1 ko‘prigini qisman vayron qildi

Кўприк минтақани Эрон пойтахти билан боғлайдиган йирик автомагистралнинг бир қисми бўлиши режалаштирилган эди.

Xitoyda yangi xavfli virus tarqalmoqda

Хитойда илк бор ўта хавфли SAT1 туридаги вирус штамми аниқланди — касаллик Россиянинг чегара ҳудудларида тарқалмоқда.

Eron qat’iy ogohlantirdi: AQSh va Isroil taslim bo‘lmas ekan, urush to‘xtamaydi

Эрон расмийлари АҚШ ва Исроил ҳали таслим бўлмагани ҳолда, Теҳронда олиб борилаётган ҳарбий кампания тўхтамаслигини эълон қилди.

Ukraina terrorni eksport qila boshladi...

Яқинда Ҳиндистонда олти украиналик ва битта америкалик ҳибсга олинган эди.

Tehronda vayronagarchilik: 46 mingdan ortiq binoga zarar yetdi

АҚШ ва Исроилнинг 28 февралдан 2 апрелгача бўлган ҳаво ҳужумлари натижасида Теҳронда 46 437 та турар-жой ва тижорат бинолари зарар кўрди.

Donald Tramp va NATO o‘rtasida ziddiyat: respublikachilar qarshi chiqmoqda

АҚШдаги республикачи сиёсатчилар Дональд Трампнинг мамлакатни НАТОдан чиқариш эҳтимолига қарши чиқмоқда.

Eron AQShni masxara qildi: “Biz 6000 yillik sivilizasiyamiz”

Жанубий Африкадаги Эрон элчихонаси АҚШ мудофаа вазири Пит Хегсетнинг “Эрон тош даврига қайтиши мумкин” деган баёнотини масхара қилди.

BMT: Jahon urushi xavfi — Yaqin Sharq mojarosi keskinlashmoqda

БМТ Бош котиби Антониу Гутерриш жаҳонда янги кенг кўламли уруш бошланиши хавфи ҳақида огоҳлантирди.

Toshkentda YPX xodimiga qo‘l ko‘targan mast haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Шундан сўнг ходимлар ўзлари ва атрофдагилар хавфсизлигини таъминлаш мақсадида махсус воситаларни қўллаган ҳолда қонунбузар фуқарони зарарсизлантирган.

Hindistonda 70 yoshli fil “pushti fotosessiya”dan keyin vafot etdi

Ижтимоий тармоқ фойдаланувчилари блогерни ҳайвонга нисбатан шафқатсиз муносабатда бўлганликда айблаб, уни жавобгарликка тортишни талаб қилмоқда.

Farg‘onada og‘ufurushlarga 12 yildan 15 yilgacha qamaldi

Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.

Toshkent va Sirdaryoda «Umra» bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Тошкент шаҳри ва Сирдарё вилоятида «Умра» зиёратига юбориш билан боғлиқ бир қатор фирибгарлик ҳолатлари фош этилди.

Turkiyada muhojirlar qayig‘i cho‘kdi: kamida 18 kishi halok bo‘ldi

Дастлабки маълумотларга кўра, қайиқда ўнлаб одамлар бўлган ва уларнинг бир қисми қутқариб қолинган. Ҳодиса жойида қутқарув хизматлари иш олиб бормоқда.

Xitoy va Pokistondan tashabbus: Eron atrofidagi urushni to‘xtatish rejasi taklif etildi

Хитой ва Покистон Эрон атрофидаги можарони бартараф этиш мақсадида қўшма тинчлик ташаббусини илгари сурди.

Tramp Eron sulh so‘raganini aytdi. Tehron javob qaytardi

АҚШ президенти Доналд Трамп бугун Теҳрон Вашингтондан сулҳ сўраганини эълон қилди.

Trampning bayonoti: Eron hech qachon yadroviy qurolga ega bo‘lmaydi

АҚШ президенти Дональд Трамп Эрон ядровий қуролга эга бўлмаслигини қатъий таъкидлади.

Mirshaymerning keskin bayonoti: «Tramp va Netanyaxu Nyurnbergda osilgan bo‘lar edi»

Агар Нюрнберг суд жараёнлари бугун ўтказилганида, АҚШ президенти Дональд Трамп ва Исроил бош вазири Биньямин Нетаньяху қатл этилган бўлар эди.

Evropadan tanqid: Zelenskiy mablag‘larni juda tez sarflamoqdami?

Европа Иттифоқи доирасида Украинага ажратилаётган маблағлар юзасидан танқидлар янграмоқда.