Tojikistonda NAN brendi ostida Nestlé bolalar ovqatlarini sotish va ulardan foydalanish taqiqlandi, deb xabar beradi NIAT Khovar.
Tojikiston Respublikasining Standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlash va savdo inspeksiyasi agentligi ma’lumotiga ko‘ra, mazkur mahsulotlar me’yoriy talablarga javob bermaydi. Shuning uchun ularni sotish to‘xtatildi va mahsulotlar qaytarib olinishi mumkin.
Fuqarolarga mahsulotlardan foydalanmaslik va agar ularni sotib olgan bo‘lsa, ularni sotib olingan joyiga qaytarish tavsiya etiladi.
Tojikiston savdo inspeksiyasi xodimlari import qiluvchi kompaniya vakillari bilan birgalikda hozirda zarur choralarni ko‘rmoqda.
Avvalroq Nestlé kompaniyasining Qozog‘istonda cheklangan miqdordagi bolalar ovqatlarini qaytarib olishi haqida xabar berilgan edi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.
Дастлабки маълумотларга кўра, қайиқда ўнлаб одамлар бўлган ва уларнинг бир қисми қутқариб қолинган. Ҳодиса жойида қутқарув хизматлари иш олиб бормоқда.