Italiya Bosh vaziri Djordja Meloni Yevropa Rossiya-Ukraina urushini tugatish bo‘yicha muzokaralarda ta’sir o‘tkazish uchun Moskva bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqani tiklash vaqti kelganini aytdi.
Italiyaning ANSA nashri xabar berishicha, Meloni bu haqda 9 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Meloni ilgari Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot zarurligi haqida gapirgan Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning fikrlarini takrorladi.
"Bu borada, menimcha, Makron haq. Menimcha, Yevropa Rossiya bilan gaplashish vaqti keldi, aks holda bizning ta’sirimiz cheklangan bo‘ladi. Lekin savol shundaki, buni kim qilishi kerak. Biz tartibsiz harakat qilmasligimiz kerak, aks holda biz Rossiya prezidenti Vladimir Putinning qo‘lida o‘ynaymiz", deb ta’kidladi Italiya Bosh vaziri.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.
Дастлабки маълумотларга кўра, қайиқда ўнлаб одамлар бўлган ва уларнинг бир қисми қутқариб қолинган. Ҳодиса жойида қутқарув хизматлари иш олиб бормоқда.