Rossiyaning "Pobeda" aviakompaniyasining Moskvadan O‘zbekistonning Farg‘ona shahriga yo‘nalgan Boeing 737 yo‘lovchi samolyoti noqulay ob-havo sharoiti tufayli manzilga qo‘na olmadi va Qirg‘izistondagi muqobil aerodromga yo‘nalishni o‘zgartirishga majbur bo‘ldi.
Bunga Farg‘ona aeroportidagi qalin tuman sabab bo‘lgan, natijada ko‘rinish nolga teng bo‘lgan.
Moskvaning Vnukovo aeroportidan uchib ketgan DP729 reysi ekipaji dastlab O‘zbekistonning Namangan shahriga qo‘nishni o‘ylagan, ammo shunga o‘xshash ob-havo sharoiti ham bu qarorni imkonsiz qildi.
Natijada samolyot Qirg‘izistonning O‘sh xalqaro aeroportiga yo‘naltirildi va u yerda xavfsiz qo‘ndi.
Ommaviy axborot vositalari xabarlariga ko‘ra, 8 yanvar kuni ertalab O‘zbekiston shaharlariga yo‘nalish olgan bir nechta reyslar noqulay ob-havo sharoiti tufayli muqobil ayerodromlarga yo‘nalishni o‘zgartirishga majbur bo‘ldi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.
Дастлабки маълумотларга кўра, қайиқда ўнлаб одамлар бўлган ва уларнинг бир қисми қутқариб қолинган. Ҳодиса жойида қутқарув хизматлари иш олиб бормоқда.