Bugun, 8 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot kotibi Sherzod Asadov Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.
Qutlovda so‘nggi yillarda prokuratura organlari faoliyatini isloh qilish borasida amalga oshirilgan ishlar natijasida tizimning xalqqa yanada yaqinlashgani, inson qadri, huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarni bevosita joylarda ta’minlaydigan samarali institutga aylangani alohida ta’kidlandi.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq prokuratura organlari xodimlaridan bir guruhi orden va medallar bilan taqdirlangan edi. Bugungi tantanali tadbirda Prezident Administrasiyasi rahbarining o‘rinbosari Nodira Hakimova ushbu yuksak davlat mukofotlarini topshirdi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.
Дастлабки маълумотларга кўра, қайиқда ўнлаб одамлар бўлган ва уларнинг бир қисми қутқариб қолинган. Ҳодиса жойида қутқарув хизматлари иш олиб бормоқда.