6 yanvar kuni Ukrainaning Ta’lim sifati bo‘yicha davlat xizmati Kiyev maktabida sovet darsliklaridan foydalangan holda "er osti o‘qitish" haqidagi nashrdan so‘ng tekshirishni boshladi.
Ukrainaning "Sledstviye Info" nashri avvalroq Ukraina pravoslav cherkovi monastiridagi "er osti maktabi" haqidagi hikoyani e’lon qilgan bo‘lib, unda 60 dan ortiq 1-dan 9-sinfgacha bolalar ta’lim oladi va 16 nafar o‘qituvchi ishlaydi. Maktab go‘yoki sovet ta’lim tizimiga amal qiladi, rus tilida darslar olib boradi, filmlar ko‘rsatadi, rus tilida qo‘shiqlar kuylaydi.
Tashkilot rahbariyati bu maktab emas, qo‘shimcha ta’limga ega oilaviy klub ekanligini ta’kidlamoqda. Tekshiruv Ukraina ta’lim va fan vaziri Oksen Lisoviyning iltimosiga binoan boshlangan.
Avvalroq, 14 dekabr kuni Odessa aholisi maktabdagi tanaffus vaqtida bolalari rus tilida gaplashgani uchun jarimaga tortilayotgani xabar qilingandi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.
Дастлабки маълумотларга кўра, қайиқда ўнлаб одамлар бўлган ва уларнинг бир қисми қутқариб қолинган. Ҳодиса жойида қутқарув хизматлари иш олиб бормоқда.