Hududiy imtiyozlar Rossiya-Ukraina mojarosi uchun tinchlik jarayonidagi eng muhim masala bo‘ladi va ular bo‘yicha muhokamalar davom etmoqda.
Bu haqda AQSh prezidentining tinchlikparvar missiyalar bo‘yicha maxsus vakili Stiven Uitkoff ma’lum qildi.
"Bu eng muhim masala va mavzu bo‘ladi. Va biz bu muzokaralarni davom ettiramiz va umid qilamanki, bu masala bo‘yicha ma’lum murosaga erishamiz yoki ishlab chiqamiz", dedi u Parijdagi "xolislar koalisiyasi" yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha jurnalistlar bilan suhbatda.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Ukraina Qrim, Donbass va boshqa bosib olingan hududlarni Rossiya Federasiyasining bir qismi sifatida tan olishini ta’kidlamoqda. Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy avvalroq mamlakat pozisiyasi o‘zgarmasligini va Ukraina o‘z hududlaridan voz kechish niyatida emasligini bir necha bor ta’kidlagan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.
Дастлабки маълумотларга кўра, қайиқда ўнлаб одамлар бўлган ва уларнинг бир қисми қутқариб қолинган. Ҳодиса жойида қутқарув хизматлари иш олиб бормоқда.